Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ragʻbatlantirildi

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 79-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biri 20 000 000 (yigirma million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Toshkent viloyatida 16 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istiqomat qiladi.

About the Author

You may also like these