Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025-y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlik subyektlariga “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.
“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish mumkin.
Shuningdek, taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish mumkin.
Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan, umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan hamda shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.