2025-yil uchun davlat budjeti tasdiqlandi

“2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidaʼʼgi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun 2025-yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

Kelasi yil uchun birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlaridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

2025-yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida etib belgilandi.

Shuningdek, 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

– mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;

– mahsulotlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;

– chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlarning stavkalari.

Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

About the Author

You may also like these