Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitov maʼlum qildi.
147 900 nafar professional taʼlim muassasalari bitiruvchisining 74 403 nafari bandligi taʼminlangan.
Joriy yilda maktabni tamomlagan 411 671 nafar bitiruvchidan 228 422 nafarining bandligiga koʻmaklashilgan.
Bugungi kunda ishsiz boʻlgan 337 307 nafar (44,7%) bitiruvchini ishga joylashtirish boʻyicha mavjud imkoniyat va zaxiralar ishga solingan.
2024-yilda 24 545 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarning 1 279 nafari harbiy qismda qolib shartnoma asosida xizmatni davom ettirmoqda.
Ularning 17 787 nafarini doimiy ishga joylashtirish orqali bandligi taʼminlangan.
2 105 nafar harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yoshlar bugungi kunda norasmiy band hisoblanadi.
216 nafari kasb-hunarga tayyorlash markazlarida qisqa muddatli kurslarda oʻqitilib, bandligi taʼminlangan.
907 nafar yoshlar chet-elga chiqib ketishi, vafot etishi va boshqa qator sabablarga muvofiq hisobdan chiqarilgan.