“Uzbekistan Airways” talaba va oʻquvchilar uchun 50% lik chegirma eʼlon qildi

“Uzbekistan Airways” talaba va oʻquvchilar uchun 50% lik chegirma eʼlon qildi. Bu haqda aviakompaniya Axborot xizmati oʻzining rasmiy sahifalarida batafsil maʼlumot berdi. Har yilgidek, qishki taʼtil davomida “Uzbekistan Airways” oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma eʼlon qilmoqda.

Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

About the Author

You may also like these