Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ham “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. AOKA jamoasi Aziz Obidovni mukofot bilan chin dildan qutlaydi. Masʼuliyatli faoliyatlarida omad va muvaffaqiyat yor boʻlsin!
Maʼlumot uchun: mazkur koʻkrak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan. Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda oʻz egalariga topshiriladi.