Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirishga doir Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab maktablarda kompleks kitobxonlik dasturi amalga oshiriladi. Uning doirasida boshlangʻich sinflarda kitob burchaklari tashkil etilib, oʻquvchilarga 20 ta eng sara milliy va xorijiy bolalar adabiyotlarini ifodali oʻqish oʻrgatiladi.