Qonunchilikka koʻra, tadbirkorlardan qonunchilikda nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish:
— mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.