Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkalarida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.
Prezidentning “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoni qabul qilindi.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkalarida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.
Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish maqsadida:
• 2018-2022-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat byudjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5-yilga uzaytiriladi;
• 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab bir vaqtning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlanadi.
Farmon bilan 2024-2025-yillarda maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjat bilan prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek, ularning ayrimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.