Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko’ra,
— 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi «3» dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
«3» va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
— Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.
— Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa «Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
— Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga «Yagona interaktiv davlat xizmatlari» (my.gov.uz) portali, «Ta’lim krediti» (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiladi.
— Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan «Ta’lim krediti» (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.