Oʻzbekistonda qancha oʻqituvchilar 1000 AQSH dollari maosh olishadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Oʻzbekistonda maktab oʻqituvchilarining oyliklari qachon 1000 AQSH dollari boʻlishi haqidagi savolga javob berdi.

“Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, oʻqituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu boʻyicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib oʻtishimiz kerak, bugun 1000 AQSH dollaridan koʻp oylik oladigan ustozlarimiz bor.Maʼlumot uchun, bugungi kunda oʻqituvchilarning oʻrtacha oylik ish haqi 3,4 mln soʻmni tashkil etadi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan. Shuningdek, oliy toifali, direktor jamgʻarmasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilarning ish haqi miqdorlari 10 mln soʻm.Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln soʻm, sinovlardan shaffof oʻtgan oʻqituvchilarga bu pul ham toʻlab beriladi, asosiysi, ustozlar soniga chegara qoʻyilmagan.Shuningdek, olis hududga borib ishlaydigan oʻqituvchilarga 3,7 mln soʻmgacha, xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlgan hamda bugungi kunda oʻqituvchi boʻlib ishlayotganligi uchun 4,1 mln soʻmgacha ustama beriladi”, — deydi vazir Hilola Umarova.Taʼkidlanishicha, hozirda umumtaʼlim maktablarining 1000 AQSH dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi oʻqituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi.“Barcha ustozlarimiz yuqori miqdorda oylik olishlarini xohlayman. Ularning oʻz ustida ishlashi va munosib yutuqlarga erishishi uchun sharoit yaratib berishga, bor imkonim bilan yordam berishga harakat qilaman” – dedi vazir.

About the Author

You may also like these