Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qarshi shahridagi xususiy taʼlim muassasasiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorlikda reyd oʻtkazgan.
Qayd etilishicha, fuqaro Gʻ.Ch.ni qoʻlga fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan birida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy taʼlim muassasasiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib, keyinchalik davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.