2024-yilning yanvar – iyun oylari yakunlariga koʻra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 15 347,9 ming soʻmni (yoki 1 221,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning yanvar–iyun oylarida ushbu koʻrsatkich 13 088,6 ming soʻmni (yoki 1 149,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etgan.
Joriy yilning iyul oyi oxirida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining baholashiga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining nominal YIM hajmi 125,6 trillion soʻmga (10,7 milliard dollarga) oshgani va 1 192,2 trillion soʻm (101,6 milliard dollar)ni tashkil etgani xabar qilingandi.
Tadqiqot respublika boʻyicha 14 ta hududda olib borilgan: xususan, 2023-yilning iyul-avgust oylarida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) texnik koʻmak missiyasi jalb etilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 165 ta tuman boʻyicha 7 mingdan ziyod uy xoʻjaliklarining yashash va ovqatlanish, transport, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa xizmatlariga xarajatlari soʻrovnoma asosida oʻrganilgan.