2024-yilning 6 oyida Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlarda 65 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova maʼlum qildi.

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga 19 ta doktorant (DSc), 220 ta tayanch doktorant (PHD) hamda 100 nafar stajyor-tadqiqotchi qabul qilindi.

Olimlarimiz tomonidan “Maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari uchun zilziladan himoyalanishni oʻrgatuvchi multimediali taʼlim resurslarini yaratish” boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqildi.

“Oʻzbek xalqi ijodi yodgorliklari” 100 jildligining 31-40 jildlari nashrga tayyorlandi va nashriyotga taqdim etildi.

Fanlar akademiyasi tashkilotlari tomonidan 2024-yilga moʻljallangan 2586, 7 ming dollar hajmdagi mahsulotlar eksporti toʻliq bajarilishi taʼminlandi.

About the Author

You may also like these