YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH – 1

Ushbu “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish – 1” nomli darslikda yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlarning iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish tamoyillari, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi soliqlar va yig‘imlar tizimi, soliq munosabatlari subyektlarining huquqlari va majburiyatlari, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi va uni tashkil etish shartlari, yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa maj­buriy to‘lovlarning turlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq)ning mazmun va mohiyati o‘z aksini topgan.
Mazkur darslik “Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘na­lishlari bakalavrlari, magistrlari, moliya va soliq mutaxassislari, bank xodimlari, buxgalterlar, auditorlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.