Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da bayon qilingan ta’lim va tarbiyaga doir konseptual qarashlari, Vatan taraqqiyotida yoshlar tarbiyasi, innovatsion rivojlanishning asosiy drayverlari, oliy ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirish omillari, taraqqiyot strategiyasida oliy ta’limni rivojlantirish paradigmalari bilan bog‘liq bo‘lgan ulug‘ maqsad va vazifalar, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo miqyosidagi mohiyati va ahamiyati ijtimoiy-falsafiy qarashlarda bayon qilingan. Oliy ta’lim muassasalari (OTM)da yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning milliy va Xalqaro tajribasi qiyosiy tahlilda o‘rganilgan.
Monografiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlashda davlat dasturlarining ahamiyati, islohotlar davrida oliy ta’lim va ilm-fan taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari, yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli bayon qilingan.
Shuningdek, monografiyada Yangi O‘zbekistonda yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishning konseptual yo‘nalishlari, Uchinchi Renessans asoslarini shakllantirish hamda yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning konseptual yo‘nalishlari, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlash, “El-yurt umidi” jamg‘armasi: malakali milliy kadrlarning taqsimlanishi o‘rganilgan.
Monografiya oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, targ‘ibot-tashviqot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar, talaba va o‘quvchi-yoshlar hamda keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.