Xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish asosida aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish

SKU: postindustrial-iqtisodiyotda-ish-orinlari-qayerda-yaratilmoqda Bo'lim:

Ushbu monografiyada xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish xususiyatlari, tamoyillari, iqtisodiyotning postindustrial bosqichida ish bilan bandlik shakllanishining shart-sharoitlari va omillari, xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan bandlik shakllanishining xorij tajribasi, servis iqtisodiyotida ish bilan bandlik shakllari transformatsiyasini tadqiq qilishga uslubiy yondashuv, xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan bandlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida ish bilan bandlikning moslashuvchan darajasini baholash usullari ilmiy-nazariy va uslubiy jihatdan yoritib berilgan. Hudud xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan bandlik holati tahlil qilinib, sohada ish bilan bandlik darajasini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rov o‘tkazilgan hamda iqtisodiyotning transformatsiyasi sharoitida ish bilan bandlik tarkibi o‘zgarishini baholash usullari tadqiq qilingan. Xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish asosida aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish strategiyasi ishlab chiqilib, xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishtirilgan hamda Samarqand viloyati xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan bandlik darajasini oshirish istiqbollari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Monografiya iqtisodchi olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.