Soliq tizimi

Oʻquv qoʻllanmada soliqlar va soliq munosabatlarining mazmuni, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, soliqlarning turlari va funksiyalari, soliq tizimining tarkibiy tuzilishi, soliq qonunchiligining huquqiy asoslari, soliq siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, daromad tarkibi va turlari, tadbirkorlik subyektlariga soliq solish tartibi, jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish tartibi, mol-mulk va mulkiy daromadlarga soliq solish mexanizmi, resurslarning turlari va ularga soliq solish mexanizmi, soliq munosabatlarini tartibga solishda soliq maʼmuriyatchiligining ahamiyati, soliq idoralarida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hisobining yuritilishi, soliq organlari nazorat faoliyatini tashkil qilishning shakllari hamda zamonaviy usullari, soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi hamda soliq maʼmuriyatchilikni takomillashtirishda davlat soliq idoralari faoliyati samaradorligini baholash tizimi yoritib berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan professional taʼlim muassasalari (texnikumlar) uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan.