O‘zbekiston Respublikasi sharoitida atmosferaning yerga yaqin qatlamini geodezik o‘lchash ishlariga ta’siri

Bo'lim:

Ushbu monografiyada butun dunyoda geodeziya sohasining rivojlanishi bilan bugungi kunda uning zamonoviy elektron texnologiyalaridagi o‘lchash aniqligi muammolarini yechish va uni loyihalash usullari hamda texnologiyalarini yaratish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Shu jihatdan, atmosferaning yerga yaqin qatlamini geodezik o‘lchash ishlariga ta’sirini hisobga olgan holda elektron taxeometr bilan zenit masofani o‘lchashda tuzatmalarni hisoblash va loyihalash usullari va texnologiyalarini takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan, AQSh, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlarda geodezik asboblarda o‘lchash ishlarini amalga oshirayotganda tashqi muhit ta’sirini hisobga olishga, o‘lchash natijalariga sezilarli ta’sirini o‘tkazadigan refraksiya xossalariga ahamiyat berib, o‘lchash aniqligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan va xatoliklarni keltirib chiqarayotgan refraksiyani hisobga olish usullari takomillashtirilgan.
Ushbu ilmiy natijalardan Geodeziya va geoinformatika ixtisosliklari hamda shu soha magistrlari hamda ishlab chiqarish korxonalaridagi muhandis-texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.