Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu monografiyada mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda investitsiyalarning rolini oshish orqali jadal rivojlantirish, ularning raqobatbar-doshligini ta’minlash hamda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ahamiyatga ega muhim muammolarni tadqiq qilish, puxta o‘rganish va amaliyotda qo‘llash yo‘llarini yoritishga harakat qilingan.
Iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb qilish orqali innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash borasidagi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa innovatsiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir jihatlarini o‘rganish orqali unga ta’sir etuvсhi omillar hamda investitsion jozibadorlikni ta’minlash orqali mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mazkur monografiya, asosan, oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari uсhun mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek, katta ilmiy xodim, izlanuvсhilar hamda iqtisodiyot sohasidagi bilimlarga qiziquvсhi barсha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
Muallif monografiyaning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi bo‘yiсha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorсhilik bilan qabul qiladi hamda keyingi ilmiy faoliyatida hisobga oladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035