Ishsizlikni kamaytirishda tadbirkorlik faoliyatiga kasbiy tayyorlashni takomillashtirish

SKU: ishsizlikni-kamaytirishda-tadbirkorlik-faoliyatiga-kasbiy-tayyorlashni-takomillashtirish Bo'lim:

Mazkur monografiyada tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va iqtisodiyotning bozor tizimida ushbu faoliyatga kasbiy tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, ishsizlikni kamaytirishda tadbirkorlikning roli va unga o‘qitish hamda kasbiy tayyorlashning zarurati, ta’limning hozirgi tizimini rivojlantirishda tadbirkorlik sohasi uchun kasbga tayyorlashning o‘rni va ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Xorijiy mamlakat-larda tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlarni tayyorlash tajribalari, xususan AQSH va Yevropa mamlakatlari, Sharqiy Osiyoning Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Malayziya davlatlarining shu sohadagi tajribalari hamda Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston kabi MDH mamlakatlarining ishsizlikni kamaytirish va aholini tadbirkor-likka kasbiy tayyorlash tajribalari o‘rganilib, qiyosiy tahlillar amalga oshirilgan. O‘zbekistonda ishsizlik holatining tahlili va ularni tadbirkorlikka o‘qitishning iqtisodiy zarurati, respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish tendensiyalari va tadbirkor kadrlarni kasbiy tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojning tahlili amalga oshirilgan hamda ta’lim tizimining kichik biznes va tadbirkorlik sohasi uchun kadrlarni tayyorlashdagi rolini oshirish zarurati asoslangan. Ta’lim tizimi va tadbirkor kadrlarni kasbiy tayyorlashni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlari o‘rganilib, shu sohadagi muammolarning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur monografiya mehnat bozorida ishsizlik holati va tadbirkorlik faoliyatiga kasbiy tayyorlash asosida ish bilan bandlikni oshirish masalalari bilan qiziquvchi ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrlar, ta’lim muassasasi talabalariga mo‘ljallangan.