Tasnif
Mazkur darslikda ikkita bir-biri bilan uzviy bog‘langan va bir-birini taqozo etadigan xalqaro iqtisodiy integratsiya va globalizatsiya masalalari ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berilgan. Ushbu darslik dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan zamonaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari bilan tanishishni o‘z ichiga oladi. Darslikda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining zamonaviy xususiyatlari ochib berilgan bo‘lib, u 5231100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.






