Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu monografiyada ingliz va o‘zbek tillaridagi tafakkur fe’llarining semantik struktura, leksik-semantik xususiyatlari va tarjima jarayonidagi o‘ziga xosligi ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda tafakkur fe’llarining denotativ, sintagmatik va pragmatik xususiyatlari, ularning kontekstual qo‘llanishi, polisemantik tabiatiga oid ilmiy tahlillar keltirilgan. Ingliz va o‘zbek tillarida aqliy faoliyatni ifodalovchi fe’llarning sema tarkibi, ma’no iyerarxiyasi hamda ularning sinonimiya, antonimiya va graduonimiya munosabatlari aniqlangan. Leksikografik manbalar asosida tafakkur fe’llarining izohli va tarjima lug‘atlaridagi talqini o‘rganilgan, mavjud kamchiliklar bo‘yicha takliflar berilgan. Monografiyada, shuningdek, tafakkur maydonini tashkil etuvchi birliklar tarjima jarayonida ekvivalent tanlash mezonlari bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalari lingvistik nazariya, tarjima amaliyoti va leksikografiya uchun muhim metodik asos yaratadi. Asar tilshunoslar, tarjimashunoslar, magistrant va doktorantlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035