Geologiya asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta-maxsus profes­sional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son qaroriga muvofiq professional ta’lim dasturlari asosida professional ta’lim muassasalari uchun yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish buyrug‘iga binoan chop etishga tayyorlangan.
Qo‘llanma kasb-hunar maktablari va qurilish texnikumlarida Geologik kuzatuv va qidiruv ishlari ishchisi, Bino inshootlar ta’lim yo‘nalishlari o‘quv­chilari va talabalari uchun Davlat ta’lim standarti va shu asosda tayyorlangan dastur talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, “Geologiya asoslari” fanining maqsad va vazifalari, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, yerning paydo bo‘lishi, tog‘ jinslari va minerallar, tuproq paydo bo‘lish jarayonlarining umumiy sxemasi, tuproqning tarkibi va xossalari, uning biosferadagi, shuningdek, landshaftlar, ularning turlari, dinamikasi va funksiyalari kabi masalalar batafsil bayon etilgan. O‘quv qo‘llanmadan mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.