Ekonometrika asoslari

SKU: ekonometrika-asoslari Bo'lim: Tag:

Darslik oliy ta’limning bakalavr bosqichidagi iqtisodiyot yo‘nalishidagi barcha muta-xassisliklar uchun “Ekonometrika asoslari” fanining tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturiga binoan tayyorlangan bo‘lib, unda “Ekonometrika asoslari” fanining asosiy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib bunda: ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini inobatga olgan holda foydalanishni yaxshilash maqsadida, jahon fani va ilg‘or pedagogik texnologiyalarning zamo-naviy yutuqlariga asoslangan yangi o‘quv rejalari va dasturlarini joriy etishni, shuningdek, ta’lim jarayonida ularni amalga oshirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, darslikda “Ekonometrika asoslari” fani bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash, talabalarda malakaviy ko‘nikma hosil qilish maqsadida amaliy va tajriba mashg‘ulot variantlari hamda ularni bajarilishini namuna-viy usullari rivojlangan mamlakatlar va respublikamizda yaratilgan darslik hamda o‘quv qo‘l-lanmalardan farqli o‘laroq, o‘zbek tilida yaratilgan. Darslikning afzalligi ekonometrik model-lashtirish bo‘yicha masalalarni sodda va o‘quvchilar tushunadigan tilda yozilganligida, mate-matik tushunchalar va ifodalar soddalashtirilganligi hamda milliy iqtisodiyotimizga tegishli axborotlar asosida amaliy masalalarni bajarilganligi va unga doir topshiriqlarni variantlar asnosida berilganligidir.