Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu risolada mamlakatimizning mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi 8-9-yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishgan yutuqlari tahlil etilgan. Shuningdek, asarda O‘zbekiston tarixining jahon maydonida tutgan o‘rni, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy meros, unga turli tarixiy davrlarda bo‘lgan munosabatlar o‘rganilgan. Ayniqsa, 2016-yildan boshlangan tub islohotlar, yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans asoslarini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar mazmun-mohiyati tahlil etilgan.
Ushbu risola “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” deb nomlangan ezgu gʻoya ostida nishonlanadigan milliy mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida hamda istiqlol davrida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni targ‘ib etishda qo‘l keladi. Asar ma’naviy-ma’rifiy sohadagi targ‘ibotchilar, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan ziyolilar, talaba-o‘quvchilar va keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035