Tasnif
Ushbu monografiya uch bobdan iborat bo‘lib uning birinchi bobi “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilining nazariy asoslari” deb nomlanadi, unda moliyaviy natijaga daxldor elementlar, ularning iqtisodiy mohiyati va zamonaviy jihatlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha moliyaviy natijalarni tahlil qilishning maqsadi, vazifalari va umumiy qoidalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rentabelligini tahlil qilishning ahamiyati tadqiq etilgan.
Monografiyaning “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilining amaldagi holati” deb nomlangan ikkinchi bobida moliyaviy natijalar tarkibi, strukturasi va dinamikasi tahlili, rentabellikni tahlil qilishning amaldagi holati, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligini aniqlashni takomillashtirish yoʻnalishlari yoritilgan.
Monografiyaning “Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilini takomillashtirish” nomli uchinchi bobida xalqaro standartlar asosida moliyaviy natijalar tahlili axborot taʼminotini mukammallashtirish hamda aksiyadorlik jamiyatlarida rentabellik tahlil modellarini qoʻllashni takomillashtirish yoʻnalishlari keltirib oʻtilgan.






