Aholi turmush farovonligini oshirishda ijtimoiy himoyani moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari

SKU: aholi-turmush-farovonligini-oshirishda-ijtimoiy-himoyani-moliyalashtirishni-rivojlantirish-istiqbollari Bo'lim:

Monografiyada aholi turmush farovonligini oshirishda ijtimoiy himoyani moliyalashtirishni rivojlantirish istiqbollari bugungi kunda mamlakatlar oldida turgan eng muhim masalalardan biri ekanligi ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy himoya tizimlari aholi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu tizimlar, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, keksalar va boshqa ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarga mo‘ljallangan yordam dasturlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy himoyani moliyalashtirishni rivojlantirish uchun davlat byudjetini yanada samarali tashkil etish. Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar – ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish va takomillashtirishda muhum ahamiyatga ega. Bu orqali ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yangi dasturlarni joriy etish va mavjudlarini yanada samarali amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ijtimoiy himoya tizimini yanada samarali va shaffof qilishda yordam beradi. Ma’lumotlar bazasi, yaratish, monitoring qilish va baholash jarayonlarining avtomatlashtirish, ijtimoiy himoya dasturlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi berilgan.
Mazkur monografiya Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan IL – 21101893-sonli “Kambagʻallikni kamaytirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan.