Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi kasbiy ta’lim tizimi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 51010304 – “Turizm” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarni menejment fani asoslari bilan chuqur tanishtirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanma zamonaviy ta’lim talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda turizm menejmentining nazariy tamoyillari, tarixiy rivojlanish bosqichlari, xorijiy tajribalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqaruv yondashuvlari va zamonaviy menejerlik kompetensiyalari tizimli tarzda yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmada menejment fanining universal tamoyillari bilan bir qatorda turizm sohasiga xos boshqaruv yondashuvlari keng tahlil qilingan. Xususan, mehnatni boshqarish usullari, menejment texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish korxonalarida menejment, turizm tashkilotlarining strategik boshqaruvi kabi boblar amaliyot bilan uyg‘un holda bayon etilgan. Har bir bob yakunida mustahkamlash uchun savollar keltirilgani esa talabalar bilimini chuqurlashtirish va tahliliy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035