Chakana savdo korxonalari marketing faoliyati metodologiyasini takomillashtirish

SKU: chakana-savdo-korxonalari-marketing-faoliyati-metodologiyasini-takomillashtirish Bo'lim:

Ushbu monografiya O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo korxonalari marketing faoliyati metodologiyasini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu jarayonning nazariy asoslari, amaliy holati va rivojlanish istiqbollari keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqotda chakana savdo korxonalarida merchandayzing tizimi, mazkur tizimni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, monografiyada merchandayzing standartlarini chakana savdo korxonalari amaliy faoliyatida qo‘llash mexanizmlari, xalqaro amaliyotda qo‘llanila-yotgan ilg‘or tajribalar va ularni milliy amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. Monografiyada innovatsion yondashuv asosida chakana savdo korxonalari marketing faoliyati metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, chakana savdo korxonalarida merchandayzing standartlarini qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish va chakana savdo korxonalari faoliyatiga joriy etish istiqbollari o‘rganilgan.
Mazkur ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar va xulosalar, shuningdek, olib borilgan tahlillar ushbu sohada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, talabalar va magistrantlar, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar va chakana savdo sohasiga qiziquvchi o‘quvchilar doirasida foydalanilishi mumkin.