Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish-1 – 2

SKU: jismoniy-shaxslarni-soliqqa-tortish-1-2 Bo'lim:

Ushbu “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish-1” nomli darslikda jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning obyektiv zarurligi, ahamiyati, huquqiy va iqtisodiy asoslari, soliq munosabatlarida ularning huquqlari va majburiyatlari, soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartiblari, jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi (mehnatga haq to‘lash tarzidagi, mulkiy daromadlari, moddiy naf tarzidagi va boshqa daromadlari) va ularni soliqqa tortishning mohiyati va usullari, daromadni soliqqa tortishda qo‘llaniladigan imtiyozlar va chegirmalar tizimi, daromadlarni to‘lov manbaida soliqqa tortish tartibi, jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish xususiyatlari, jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati: turlari, shakllari, ro‘yxatdan o‘tish hamda faoliyatni amalga oshirish tartiblari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartiblari, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliq solishning o‘ziga xos jihatlari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va ular faoliyatini tashkil etish hamda soliqqa tortish tartiblari nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Darslik Davlat ta’lim standartlari talablari va “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish-1” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, 60410200 – “Soliqlar va soliqqa tortish” (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek ushbu darslikdan hududiy soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida hamda oily o‘quv yurtlarining noiqtisodiy yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Soliqlar va soliqqa tortish”ga doir maxsus kurslarni o‘qitishda foydalanish mumkin.

Ushbu darslikda “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish-2” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslarning ayrim toifalari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq, davlat bojlari va yig‘imlari, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotlar, jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligi va uni undirish chora-tadbirlari, jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklari va ular uchun javobgarlik choralari, jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning xorijiy mamlakatlar amaliyoti va soliqqa tortish tartiblari nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan.
Darslik Davlat ta’lim standartlari talablari va “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish-2” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, 60410200 – “Soliqlar va soliqqa tortish” (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, ushbu darslikdan hududiy soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida hamda oliy o‘quv yurtlarining noiqtisodiy yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Soliqlar va soliqqa tortish”ga doir maxsus kurslarni o‘qitishda foydalanish mumkin.