Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bajarilayotgan “Mahallani ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rivojlanishining ilmiy-uslubiy va metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi IL-21101912-raqamli ilmiy loyiha natijalari asosida yozilgan. Unda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, qo‘llanmada uy xo‘jaligi faoliyat yuritishining va rivojlanishining ilmiy-uslubiy asoslari, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va oilada tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oilani boshqarish, uy xo‘jaligining daromadi va xarajatlari, uy xo‘jaliklarini institutsional rivojlantirishning amaliy jihatlari yoritilgan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma mahalla hududida yashovchi aholining uy xo‘jaligini yuritish va oila tadbirkorligi to‘g‘risidagi bilim va tajribalarini kengaytirishga, o‘qish, o‘qitish va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035