Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat idoralaridagi koʻp yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, oʻzining betakror isteʼdodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalqimiz badiiy tafakkuri, maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, oʻzbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi oʻrtasida targʻib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev