Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur monografiyada O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorati tizimining konseptual jihatidan nazariy-metodologik asoslari o‘rganilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida moliyaviy nazoratni amalga oshirishning modellari tizimlashtirilgan. Shuningdek, moliyaviy nazoratning davlat moliyasini boshqarish tizimidagi konsepsiyasi va kompleks usullari hamda davlat byudjeti xarajatlarining moliyaviy xato va kamchiliklarga taʼsirini tahlil qilish orqali moliyaviy nazoratni samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va baholangan. Shu bilan birga, ilg‘or xalqaro tajribalarda mavjud bo‘lgan moliyaviy nazorat modellarini indeks va reytinglardagi o‘rni asosida baholash imkoniyatlari tadqiq etilgan va ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Olib borilgan ekonometrik tahlillar asosida davlat byudjeti xarajatlari tarkibining aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarga taʼsiri aniqlangan hamda davlat moliyaviy nazoratini konseptual asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu monografiya moliya sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, moliya sohasidagi amaliyotchi xodimlar hamda moliya tizimiga qiziquvchilar tomonidan foydalanilishi mumkin.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035