Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Uchinchi renessans ostonasida turgan Yangi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga yangicha munosabat konsepsiyasi ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilmoqda. Uning asosida xalqimizning qadimiy va boy tarixini, moddiy va nomoddiy hamda yozma madaniy merosini o‘rganish, saqlash va keng miqyosda targ‘ib qilish masalasi bosh vazifa sifatida turibdi.
Vatanimiz tarixida Ikkinchi renessans davri sifatida e’tirof etilayotgan Amir Temur va temuriylar saltanati tarixi va madaniyatini yoritishda mahalliy va xorijiy tillarda yaratilgan yozma manbalar muhim ahamiyatga egadir.
Ana shunday muhim manbalardan biri temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bek tomonidan yozilgan «Tarixi arba’i ulus» – “To‘rt ulus tarixi” asari hisoblanadi.
O‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Amir Temur va temuriylar davri tarixini, davlatchilik va boshqaruv, hukmdorlar va ularning mamlakat taraqqiyoti yoxud tanazzulida tutgan o‘rni masalalarini yoritishda, ta’lim, fan va madaniy hayotga oid ma’lumotlarni o‘rganishda asarning 7-bobi alohida ajralib turadi. Zero, asarda tarixiy voqea-hodisalarga adolatli va ma’rifatparvar hukmdor nuqtayi nazaridan munosabat bildirilgan. Bu mazkur asarning tarixiy qimmatini belgilaydigan asosiy xususiyatdir.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035