AZIMIYNING “MUROD-UL-OSHIQIN” DEVONI VA UNING MATNIY-QIYOSIY TADQIQI

Bo'lim:

Mazkur monografiya O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitida kamol topgan tasavvuf adabiyoti namoyandasi, XVIII asrning oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod qilgan shayx va shoir Azimxoja eshon (taxallusi Azimiy) hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Kitobda shoir yashagan davr, tarjimai holi, imomlik mansabi, tariqatiga doir yangi ma’lumotlar keltirilgan hamda Azimiyning XVIII asr ikkinchi yarmi Qo‘qon adabiy muhitidagi tasavvufiy adabiyot vakillaridan biri ekanligi va uning ijodiy merosi alohida ahamiyat kasb etishi manbalar asosida tahlil qilingan. Uning مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonining qo‘lyozma nusxalari yig‘ilib, ularga oid ilmiy tahlillar berilgan. Kitob sharqshunos, filolog, manbashunos va tarixchilar hamda yurtimiz tarixiga qiziqqan keng omma o‘quvchilariga mo‘ljallangan.