Tasnif
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035
Mazkur darslik Professional taʼlimning Davlat taʼlim standartiga muvofiq Veterinariya taʼlim sohasida oʻqitiladigan texnikum oʻquvchilari uchun “Hayvonlar anatomiyasi” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyasi, istiqboli, hayvon organizmini organlar tizimi, har bir tizimlardagi organlarni anatomik tuzilishi, turli hayvonlar organlarining tuzilishidagi qiyosiy anatomiyasi, hayvon organlarini hayvon zoti, turi, yoshi va tashqi muhit taʼsirida oʻzgarishlarni oʻrganishni qamrab olgan. Bu fan veterinariya mutaxassislarini shakllantirishda fundamental fan boʻlib hisoblanadi.
Darslikda anatomiyadagi hozirgi zamon ilmiy tadqiqot ishlarining uslublari va uning chorvachilikni rivojlantirishdagi ahamiyati, organlarning tuzilishini turli xil qishloq xoʻjalik hayvonlaridagi farq qiluvchi xususiyatlarini, xalqaro anatomik nomenklatura (atamalar) kabi tushunchalar haqida toʻliq maʼlumotlar yoritilgan.
Shu bilan bir qatorda, chorvachilikning muhim tarmogʻi hisoblangan parrandachilik uchun nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadigan parrandalar anatomiyasiga ham oʻrin berilgan boʻlib, bunda uy parrandalari organlarining anatomik tuzilishi, joylashgan joyi, qishloq xoʻjalik hayvonlari organlarining tuzilishidan farq qiluvchi belgilari keltirilgan.
Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishini kafolatlaydi.
Bogʻlanish uchun telefon:
+998977059035