Toshkent dunyo AyTishniklari uchrashadigan joyga aylanib bormoqda (Ташкент — город айтишный)

Prezidentimizning sohamizga va yoshlarga alohida eʼtiborlari tufayli AyTi kompaniyalar yoshlarni qoʻllaydigan oʻzlarining Xalqaro tadbirlarini yurtimizda oʻtkazishni boshladilar. Natijada davlat byudjetidan mablagʻ sarflamay ham yurtimiz AyTi va turizm salohiyatini tanishtirish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu haqda Sherzod Shermatov xabar berdi.

Ilk bora dunyoning 90dan ortiq davlatlarining 20 mingdan ortiq qatnashchilaridan saralangan 200 ta dasturchilar Oʻzbekistondagi Yandex Cup finalida qatnashdi va yurtimiz haqida yaxshiroq tasavvurga ega boʻlishdi.

Undan avval ilk bora oʻtkazilgan Huawei Seeds for Future tadbirida ham anchagina yoshlar birinchi bor yurtimizga kelishgandi.

Shu haftada Google tadbiri ham rejalashtirilgan.

About the Author

You may also like these