Dasturning ochilish marosimi Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tashkil qilindi. Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Institut rahbariyati, masʼul vakillari, hamkorlar, Dastur ishtirokchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Oʻquv dasturi davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan oʻrta boʻgʻin boshqaruv rahbarlarining strategik fikrlash, tizimli tahlil, sunʼiy intellekt asoslari va qoʻllanishi, muloqot madaniyati, muammolarni manzilli hal etish, islohotlar va jadal rivojlanish davrida transformatsion liderlik boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Dasturning bu galgi mavsumi uchun ham respublikaning 14 ta hududida faoliyat olib borayotgan, Milliy kadrlar zaxirasidagi salohiyatli davlat xizmatchilari orasidan 50 nafari saralab olindi.