Muzokara ko‘nikmalari

Ushbu o‘quv qo‘llanma muzokaralar olib borish ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, undagi jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish, amalga oshirish va takomillashtirish moduli hisoblanadi. Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayrim muammoli holatlarni ijobiy yo‘nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb etishdagi qulay vaziyatni qo‘lga kiritishga va hatto o‘zaro ziddiyatdagi tomonlarni yarashtirish yo‘lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo‘llaniladi. Shu bois rahbar va xodimlar muzokara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni yaxshi bilishi, ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Ushbu kursni o‘rganish kelajakda soha va faoliyat doirasida muzokaralarni samarali amalga oshirish ko‘nikmalarini nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish imkoniyatini beradi.