Ayni kunlarda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Belorus ayollari ikkinchi biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda.
Forum doirasida poytaxtimizdagi “Uz Expo Centre” milliy koʻrgazmalar markazida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Mazkur koʻrgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi.
Unda vazirlikning Yoshlar akademiyasi rahbari A.Sobirxonov yurtimiz yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan ilm-fan yutuqlari va innovatsion loyihalarini taqdimot qildi.
Koʻrgazma doirasida oziq-ovqat sanoati, taʼlim va fan, turizm va dam olishni tashkil qilish yoʻnalishlarida ham taqdimotlar oʻtkazildi.
Koʻrgazma ishtirokchilari tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash va istiqbolli aloqalar oʻrnatish imkoniga ega boʻldilar.