Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan muntazam ravishda nashriyot-matbaa, kitob savdosi sohasini yanada takomillashtirish, aholini sifatli va mazmunan boy kitob mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida yangi tashkil etilgan noshirlik subyektlarining faoliyati tahliliga bagʻishlangan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Bugun AOKAda nashriyotlar rahbarlari, bosh muharrirlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi boʻlib oʻtgan yigʻilishda:
— oliy taʼlim muassasalari uchun chop etilgan ilmiy va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarning nashrga tayyorlash va ishlab chiqarish sifati talab darajasida emasligi;
— noshirlik-matbaa mahsulotlarini chop etishda oʻrnatilgan davlat standartlari, texnik reglamentlariga qatʼiy amal qilinishi;
— diniy mazmundagi kitoblarni belgilangan tartibda dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish;
— sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, noshirlik subyektlari faoliyatlarida duch kelayotgan ayrim muammolar toʻgʻrisida ham toʻxtalib, ularni hal etishda hamkorlikda ish olib borish zarurligini taʼkidlashdi.
Uchrashuvda bugungi kunda elektron nashrlar tobora ommalashib borayotganligini inobatga olib, ularni nashrga tayyorlash, tarqatish shartlarini ishlab chiqish, xalqaro standart tartib raqamini olish shartlarini soddalashtirish, tender savdolari orqali taklif etilayotgan noshirlik mahsulotlari sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha talablar kiritish takliflari bildirildi.
Bundan tashqari, noshirlik huquqini qonunchilikda mustahkamlash, soha mutaxassislari malakasini oshirib borish boʻyicha fikr almashildi.