“Chorvoq”da 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yoʻqotib, ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻldi

20-iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan. Natijada katamaranda boʻlgan 2 nafar Fargʻonalik fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

About the Author

You may also like these