Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
25-iyul kuni – 1 smenada oʻtkazilib, soat 15:00 da;
26-iyul kuni 2 smenada oʻtkazilib:
1-smena soat 9:00 da;
2-smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:
— my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
— yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Abituriyentlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraladi.