Tasnif
Jahonda kichik biznesni yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mintaqada kambag‘allik darajasini qisqartirishda ushbu imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan ilmiy izlanish va tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Monografiyada kambag‘allikni qisqartirishda kichik biznesni rolini oshirish, bu yuzasidan muvaffaqiyatli strategiya ishlab chiqish, sohada mavjud muammolar, tajribalar, samaradorlikka erishish yo‘llariga e’tibor qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Monografiya iqtisodchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar uchun mo‘ljallangan. Undan mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalariga qiziquvchi soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin.






