Tasnif
Auditni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish zamonaviy iqtisodiyotning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Mazkur monografiyada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik tashkilotlarida auditni tashkil etishning nazariy-uslubiy va tashkiliy jihatlari tadqiq etilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida auditorlik amaliyotida tekshiruvni rejalashtirishning mavjud uslubiy va normativ-huquqiy muammolari, xususan, auditorlik tekshiruvi natijalarini hujjatlashtirish va baholash jarayonidagi muammoli jihatlar o‘rganilib, “Moliyaviy hisobot auditini rejalashtirish” nomli 300-son auditning xalqaro standartiga auditorlik tekshiruvini dastlabki rejalashtirish, auditorlik tekshiruvining umumiy strategiyasi va auditorlik rejasining takomillashgan namunaviy shakllarini kiritish hamda amaliyotda foydalanish tavsiya etildi.






