Tasnif
O‘quv qo‘llanma “Ijtimoiy iqtisodiyot va davlat siyosati” fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda ijtimoiy iqtisodiyot va davlatning ijtimoiy siyosati mazmuni, O‘zbekistonda ijtimoiy iqtisodiyot tarkibi, aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatgichlari, ijtimoiy iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati, ijtimoiy sug‘urta munosabatlari, ijtimoiy siyosatning metodologik asoslari yoritib berilgan. Ayniqsa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga ijtimoiy iqtisodiyot va davlat siyosati tizimining roliga katta e’tibor berilgan.
O‘quv qo‘llanma 70310101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligining “Ijtimoiy iqtisodiyot va davlat siyosati” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.






