Tasnif
Mazkur lug‘at mumtoz asar “Boburnoma”dagi frazeologik birliklarning kognitiv-kontseptual o‘rganish, “Boburnoma” (2002), “Boburnoma”ning tabdili (2008), ruscha tarjimasi (2008), J.Leyden-V. Erskin (1826), A.S.Beverij (1921) va V.Tekston (1996)ning inglizcha tarjimasiga bag‘ishlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoga mashhur asari “Boburnoma”da qo‘llangan frazeologik birliklar bir necha yillar davomida o‘rganilgan va o‘zbekcha, inglizcha ruscha tarjimalari qiyoslanib tadqiq etilgan. Bir necha yillar samarali mehnatning natijasi o‘laroq ko‘p tillik mavzuli lug‘at yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ushbu kitob bo‘lajak tarjimonlar, boburshunos olimlar va jurnalistlar, doktorantlar, magistrantlar, oliy o‘quv yurti ingliz tili o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, ingliz tilini chuqur o‘rganuvchilar va keng ommaga mo‘ljallangan.






