To’rt ulus tarixi

Amir Temur va Temuriylar davri renessansi rivojiga katta hissa qo‘shgan ma’rifatli hukmdor Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi nafaqat O‘zbekistonda, shu bilan birga, dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan keng nishonlanmoqda. O‘zbekistonning hamda dunyoning yetakchi ilmiy dargohlarida Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosi, asronomiya, matematika, tarix va boshqa fanlar rivojiga katta hissa qo‘shgan asarlari o‘rganilmoqda, qayta-qayta nashr etilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham 2024-yil Mirzo Ulug‘bekning 630 yilligi munosabati bilan ulug‘ allomaning bebaho ilmiy merosini ilmiy tadqiq etish va targ‘ib qilishga keng e’tibor qaratilmoqda. Ushbu kitob esa Mirzo Ulug‘bek iste’dodining yana bir qirrasi – tarixchilik sohasidagi faoliyatining mahsulidir. Uni mutolaa qilganlar nafaqat yetti ajdodini, balki butun shajarasini bilib olishga qiziqishi yanada oshadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tasnif