Tasnif
Darslik ilmiy tadqiqot ishlari eksperimental tadqiqotlari natijalarini ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari asosida statistik ishlash masalalariga bag‘ishlangan. Unda magistrantlar laboratoriya va amaliy ishlari misolida tasodifiy miqdorning empirik taqsimot qonuni tavsiflari (gistogrammasi va poligoni)ni qurish, eksperiment natijalarini qiyosiy statistik tahlil qilish, ularni korrelyatsion, regression va dispersion tahlili, eksperiment natijalarini approksimatsiyasi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Har bir bob yakunida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun nazorat savollari keltirilgan.






